Savol-javob

Qanday qilib sayt-satellit yaratish mumkin?

— Sayt-satellit yaratish borasidagi ma’lumotlar bilan «Sayt-satellit» sahifasida tanishishingiz mumkin.

Sayt-satellit tizimidagi bloglarga qo’shimcha imkoniyat hamda shablonlar o’rnatish mumkinmi?

— Sayt-satellit foydalanuvchilari qo’shimcha imkoniyat va shablonlarni o’rnatish huquqiga ega emas. Qo’shimcha imkoniyat va shablonlarni o’rnatish faqatgina sayt-satellit ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi.

Sayt-satellitda o’zbek tilidagi interfeysga ega bo’lgan shablon mavjudmi?

— Hozirda sayt-satellitda «Twenty twelve» nomli shablon mavjud bo’lib, u 98% o’zbek tiliga tarjima qilingan.

Kattaroq hajmga ega bo’lgan video va boshqa turdagi fayllarni yuklash mumkinmi?

Sayt-satellit xavfsizligini ta’minlash hamda serverga bo’lgan yuklamani kamaytirish maqsadida, flw, mp4, avi, dat, mpg, javascript va css kengaytmali fayllarni yuklash mumkin emas. Videofayllarni chop etishda videohosting xizmatlarini ko’rsatuvchi saytlardan foydalanish mumkin. Ayni vaqtda yuklanishiga ruxsat etilgan faylning maksimal hajmi 21 MB.

Sayt-satellit ma’muriyati bilan qanday bog’lanish mumkin?

— ZiyoNET portalining bog’lanish formasi orqali sayt-satellit ma’muriyatiga xabar yuborishingiz mumkin.


Sahifaning so’nggi yangilanish sanasi: 15.08.2018

Sayt-satellit bo'yicha yordam